TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67280 2K
🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️

Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PQ-140-M-son qaroriga muvofiq, Andijon davlat universiteti huzurida talabalarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish, ularda zarur harbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etildi.

Bugun, 15-oktyabr kuni universitetning Jalaquduq tumanida joylashgan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi va markazning tantanali ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqan universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Bexzod Axmedov hamda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi boshlig‘i, podpolkovnik Farhodbek Azimov markazning tashkil etilishi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak fuqarolik mas’uliyati va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, harbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida 2026/2027-o‘quv yiliga rasman start berildi. Yangi o‘quv yili doirasida talabalarning harbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni Vatan himoyasiga tayyorlash hamda kelgusida malakali harbiy mutaxassislar sifatida shakllantirishga qaratilgan o‘quv jarayoniga kirishildi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
  • ❤ 2
More from @adu_uz
  1. Oct 15, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlarni kiberjinoyatchilik va giyohvandlik xavfidan asrash — muhim vazifa…
  2. Oct 15, 2026⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📱 “Raqamli xavfsizlik — o‘z qo‘limizda!” Andijon davlat universiteti talab…
  3. Oct 15, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Rektor va ota-onalar uchrashuvi: ta’lim-tarbiya jarayonida hamkorlik mustah…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →