TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67301 2.27K
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Yoshlarni kiberjinoyatchilik va giyohvandlik xavfidan asrash — muhim vazifa

Bugun, 15-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida universitet rahbariyati hamda Huquq-iqtisod fakultetining kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari ishtirokida jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, kiberjinoyatchilik va internet orqali sodir etilayotgan firibgarliklardan ogoh bo‘lish, universitetning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq kodeksiga rioya qilish, shuningdek, kattalarga hurmat ko‘rsatish hamda oliy ta’lim muassasasida o‘zini tutish madaniyatiga amal qilish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, zararli illatlarga qarshi murosasiz munosabatni kuchaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda universitetda yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan samarali foydalanib, puxta bilim olishga intilishlari yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Muloqot davomida talabalarga har qanday huquqbuzarlikning salbiy oqibatlari, shaxsiy mas’uliyat va qonuniylik tamoyillariga rioya etishning ahamiyati tushuntirildi. Bunday profilaktik uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli xavf-xatarlardan himoya qilish va jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 😁 1
More from @adu_uz
  1. Oct 15, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🅰 Yoshlar xavfsizligi — ustuvor vazifa Bugun, 15-oktyabr kuni Andijon davl…
  2. Oct 15, 2026🇧🇾🇺🇿Укрепление межрегиональных связей. Делегация Андижанской области Республики Узбеки…
  3. Oct 15, 2026💻В рамках стажировки представителей четырех учреждений высшего образования Андижанской об…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →