TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67290 2.45K
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Rektor va ota-onalar uchrashuvi: ta’lim-tarbiya jarayonida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Andijon davlat universitetida talabalarga sifatli ta’lim berish, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlash hamda kelajakda malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda universitet va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda bugun, 15-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Filologiya fakultetining birinchi bosqich talabalari ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad ota-onalarni universitetdagi ta’lim-tarbiya jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida rektor oliy ta’lim tizimida joriy etilgan kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi hamda talabalar bilimini baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalarning sifatli ta’lim olishi, yashashi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqotda ota-onalarning farzandlari ta’limi va tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishi, ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda shaxsiy kamolotini muntazam kuzatib borishi, universitet bilan doimiy aloqada bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.

Ushbu uchrashuv universitet va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish hamda talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
  • ❤ 2
  • 👏 1
More from @adu_uz
  1. Oct 15, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🇺🇿🇧🇾 Andijon davlat universiteti talabalari Belarusiyada ta’lim v…
  2. Oct 15, 2026📖📖📖📖📖📖 “Pazandachilik” to‘garagi: talaba-qizlar mahoratini oshirmoqda Andijon davlat…
  3. Oct 15, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi ya…
  4. Oct 15, 2026Davlatimiz rahbari Bokuda Vyetnam vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. — Глава нашег…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →