🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 💥💥💥💥
📹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–77-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida viloyat hokimligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati va uning imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Iqboljon Karimjanov boshchiligida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari Zoom platformasi orqali ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan iqtidorli yoshlarni xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishga yo‘naltirish, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilmoqda.
⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Post #67249
1.52K







- ❤ 2
- 👏 1