😃😃😃😃😃😃
🎓🎓 “Kino time” — talabalarga maroqli hordiq ulashmoqda
Kuni kecha Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay muhit yaratish hamda kino san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kino time” loyihasi doirasida navbatdagi kino kechasi tashkil etildi.
Unda talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar ishtirok etdi. Kino kechasi davomida talabalarga mashhur hind kinosi — “Om Shanti Om” filmi namoyish etildi.
Mazkur loyiha talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda universitetda faol va mazmunli talabalar hayotini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Post #67243
1.57K





- ❤ 7
- 😁 3