TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13K subscribers
Post #57375 1.63K

Forwarded from Edu.uz

#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 4
More from @adpiuz
  1. Oct 16, 2026🎓 ADPI KARYERA — kelajagingiz sari muhim qadam! 📢 Andijon davlat pedagogika instituti ta…
  2. Oct 16, 2026💬Кульминацией визита стала встреча со студентами из Узбекистана, которые сегодня получают…
  3. Oct 16, 2026🟦🟦🟦🟦 “Eng faol tyutor” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi Maktabgacha ta’lim v…
  4. Oct 16, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MUALLIFLIK HUQUQI, PLAGIAT VA AKADEMIK…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →