TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13K subscribers
Post #57390 1.57K
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MUALLIFLIK HUQUQI, PLAGIAT VA AKADEMIK HALOLLIK” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI


Andijon davlat pedagogika institutida “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Andijon viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi G‘ulomov Sherzodbek Ravshan o‘g‘li mualliflik huquqini himoya qilish, intellektual mulkdan qonuniy foydalanish va plagiatning oldini olish masalalari haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari Xaliqova Shaxnoza Azimjonovna va Isroilova Barchinoy Abdug‘appor qizi ilmiy ishlarda manbalarga to‘g‘ri havola berish, akademik etika qoidalariga rioya qilish hamda o‘zgalarning intellektual mehnatini hurmat qilishning ahamiyatini ta’kidladilar.

Seminar davomida akademik halollikning ta’lim sifati va ilmiy tadqiqotlar ishonchliligini ta’minlashdagi o‘rni muhokama qilindi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, mualliflik huquqiga hurmatni kuchaytirish va akademik halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
  • ❤ 3
More from @adpiuz
  1. Oct 17, 2026TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALAR MASALALARI MUHOKAMA QIL…
  2. Oct 17, 2026ADPI TALABALARI VITEBSK DAVLAT UNIVERSITETIDA MAHORAT DARSLARIDA ISHTIROK ETDI 🟦Rasmiy sa…
  3. Oct 17, 2026ADPI TALABALARI VITEBSK DAVLAT UNIVERSITETIDA MAHORAT DARSLARIDA ISHTIROK ETDI Andijon dav…
  4. Oct 16, 2026Андижон вилояти делегацияси Витебск давлат университетида бўлди Айни кунларда Андижон вило…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →