TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Andijon davlat pedagogika institutida talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan ishlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va mavjud muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizligini ta’minlash, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, talabalar bilan individual ishlash, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish, ehtiyojmand talabalarni turar joy bilan ta’minlash hamda tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, talabalar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish va ular uchun xavfsiz hamda qulay yashash muhitini yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57434
2.46K





- ❤ 4
- 👍 1
- 👏 1