TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13K subscribers
Post #57397 1.53K
🟦🟦🟦🟦

“Eng faol tyutor” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi


Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakultetida tyutorlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Eng faol tyutor” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov tyutorlarning kasbiy mahorati, tashabbuskorligi, mas’uliyati hamda talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini aniqlash, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va faoliyatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan.

Fakultet dekani M. Artikova boshchiligida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilarning talabalar bilan ishlash faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy jarayonlardagi ishtiroki, yoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda ularning muammolariga yechim topish borasidagi sa’y-harakatlari baholandi.

Hakamlar hay’ati tomonidan tyutorlarning yil davomida amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari, tashabbuslari va taqdimotlari atroflicha tahlil qilinib, belgilangan mezonlar asosida baholab borildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, yuqori natijalarni qayd etgan va universitet bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan tyutorlar aniqlandi.

G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga navbatdagi bosqichda ham ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va kasbiy faoliyatida omad tilaymiz!

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
  • ❤ 6
  • 👍 4
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 🎉 1
More from @adpiuz
  1. Oct 16, 2026🎓 ADPI KARYERA — kelajagingiz sari muhim qadam! 📢 Andijon davlat pedagogika instituti ta…
  2. Oct 16, 2026💬Кульминацией визита стала встреча со студентами из Узбекистана, которые сегодня получают…
  3. Oct 16, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MUALLIFLIK HUQUQI, PLAGIAT VA AKADEMIK…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →