TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13K subscribers
Post #57318 2.34K
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩

Andijon davlat pedagogika institutida “APK Qo‘riqchi” mobil ilovasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Andijon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 3-son tergov hibsxonasi mas’ul xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda mazkur muassasa bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Umarjon Xusanov hamda katta tezkor vakil, mayor Ulug‘bek Abdurahmonov ishtirok etib, institut talabalari o‘rtasida “APK Qo‘riqchi” mobil ilovasidan foydalanish va unga ulanish tartibi bo‘yicha tushuntirish hamda targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

Tadbir davomida talabalarga mobil ilovaning imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi va amaliy ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularda xavfsizlikka oid masalalarda mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri talabalarni mobil ilovadan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda ular o‘rtasida tegishli tushuntirish ishlarini olib borishga xizmat qildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
  • ❤ 3
  • 🔥 1
More from @adpiuz
  1. Oct 15, 2026🟦🟦 🎓 “Ta’lim va taraqqiyot”: Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Andijon davlat…
  2. Oct 15, 2026🟦🟦 Ijodkorlar talaba yoshlar bilan uchrashdi Andijon davlat pedagogika institutida “Ma’r…
  3. Oct 15, 2026🟦🟦 🎭 “Ma’rifat ulashib” loyihasi ishtirokchisi — “Andijon nafasi” ko‘rsatuvi mehmoni! A…
  4. Oct 15, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 “ONA TILIM — JON-U DILIM” VIDEOROLIKLAR TANLOVIGA START BERILDI! 🔥 2 TA SMA…
  5. Oct 15, 2026🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 “LEKTORIY-KONSERT” — YOSHLARGA MA’NAVIY OZUQA Andijon davlat pedagogi…
  6. Oct 15, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TALABALAR TURAR JOYLARIDA SPORT TO‘GARAKLARI FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA Andijo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →