🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩
“LEKTORIY-KONSERT” — YOSHLARGA MA’NAVIY OZUQA
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar uchun “Lektoriy-konsert” dasturi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Andijon viloyati bo‘linmasi sozanda va xonandalari ishtirok etib, o‘z san’atlarini namoyish etdilar. Dasturdan o‘rin olgan milliy kuy-qo‘shiqlar talabalarga xush kayfiyat bag‘ishlab, ularning mazmunli hordiq chiqarishiga imkon yaratdi.
Tadbir davomida ijro etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, estetik didini shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Mazkur “Lektoriy-konsert” dasturi talaba-yoshlarning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ularni milliy musiqa va san’atga yanada yaqinlashtirish hamda madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlashga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57361
1.34K










- ❤ 2
- 👍 2