🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
TALABALAR TURAR JOYLARIDA SPORT TO‘GARAKLARI FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA
Andijon davlat pedagogika institutining talabalar turar joylarida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirish maqsadida sport to‘garaklari faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalar turar joylarida har kuni tashkil etilayotgan sport mashg‘ulotlarida yoshlar faol ishtirok etib, bo‘sh vaqtlarini jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanishga sarflamoqda. Mashg‘ulotlar davomida ular o‘zlari qiziqqan sport turlari bo‘yicha mahoratlarini oshirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish jarayonida to‘garak rahbarlari ham talabalar bilan birgalikda ishtirok etib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda faol va sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57355
1.22K






- ❤ 3
- 👍 1