🟧🟧🟧🟧🟧🟧
Andijon davlat pedagogika institutida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Mazkur anjuman o‘zbek filologiyasi sohasidagi dolzarb ilmiy masalalarni muhokama qilish, ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.
Anjuman davomida o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligining ustuvor yo‘nalishlari, til va adabiyot ta’limidagi mavjud muammolar, o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘llari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ularning amaliy ahamiyati va ta’lim sifatini yaxshilashdagi o‘rni xususida fikr almashildi.
Tadbirda o‘zbek filologiyasining nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish, ilmiy izlanishlar natijalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Respublika miqyosida tashkil etilgan mazkur ilmiy-amaliy anjuman filologiya sohasidagi ilmiy muloqotni rivojlantirish, tajriba almashish va ta’lim metodikasini takomillashtirishga qaratilgan muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qildi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57308
2.12K










- 🔥 2