🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩
ADPIDA TONGI BADANTARBIYA - SOG'LOM HAYOT SARI MUHIM QADAM
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish maqsadida ommaviy tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Unda institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
Mazkur sog‘lomlashtirish tadbirlarida jami 1200 nafar talaba-yosh faol qatnashib, turli badantarbiya va jismoniy chiniqtirish mashqlarini bajardi.
Bunday ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faollikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57274
2.34K









- ❤ 4
- 👍 4