TGViewer
Channel Public Channel
Abror Tuymuradov

Abror Tuymuradov

@abror_tuymuradov

Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay!

http://myurls.co/abrorphy

🇰🇿🇰🇬🇷🇺🇬🇧🇦🇹🇸🇮🇹🇷🇸🇪🇭🇺🇫🇮🇪🇪🇩🇪🇨🇿🇵🇱🇧🇪
Subscribers
167
Photos
22
Videos
2
Links
40
Recent Posts 13 shown
Post #89 73

Forwarded from Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti

📣 PISA 2025: O‘zbekiston natijalari endi interaktiv dashboardda!

A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy veb-saytida PISA 2025 natijalari interaktiv dashboard shaklida taqdim etildi.

📌 Natijalarni xalqaro ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, grafiklar orqali ko‘rish va turli omillar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tahlil qilish mumkin.

🔵 Batafsil: https://avloniy.uz/uz/pisa2025
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Post #88 155

Forwarded from Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti

PISA 2025 — Braziliya_pashshasi_@xtmavloniy.pdf387.1 KB
📣 PISA 2025 tadqiqotida foydalanilgan test savollari ochiq ravishda e’lon qilindi!

Avvalroq OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro tadqiqotida foydalanilgan topshiriqlar ochiq e’lon qilinayotgani haqida xabar bergan edik.

Navbatdagi ochiq topshiriq — “Braziliya pashshasi” bilan tanishishingiz mumkin.

PISA 2025 natijalari ham mazkur Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

📱 Telegram
  • 🔥 2
Post #87 199

Forwarded from Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti

📣OECD tomonidan PISA 2025 tadqiqotida foydalanilgan test savollari ochiq ravishda e’lon qilindi!

PISA 2025 tadqiqotida foydalanilgan “Energiya manbalari” topshirig’i ochiq ravishda e’lon qilindi.

Topshiriqning to’liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

🔗 https://pisa2025-questions.oecd.org/CACERS033_EnergySource/CACERS033Q03.html?locale=uz-uz&dir=ltr

Ma’lumot uchun: PISA 2025 tadqiqoti natijalari 2026-yilning 8-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da (Parij vaqti bilan 9:30) e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

PISA 2025 natijalari mazkur Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

📱Telegram
  • 🔥 5
Post #82 1.14K

Forwarded from Karim Raximov

Kuchli mutaxassislarni ishga yollash

Birinchi marta Singapurga borganinda 10 kunlik ilmiy safar bilan borgandim va u yerdagi professor bilan birinchi marta ko'rishayotgandim. 2-3kun ilm qilganimizdan keyin, menga u qanday qilib NUSga ishga kelganini aytgandi. Aytishi bo'yicha uni avvalo ilmiy tashrif buyurishi uchun taklif qilishgan va shu tashrifi davomida uni eng zo'r joydagi mehmonxonalarga qo'yib, judaham yuqori mulozamat bilan uni ko'ngliga qarashgan ekan va oxirida juda katta maosh bilan ishga taklif qilishgan ekan. Ya'ni kuchli universitetlar kuchli mutaxassislarni ishga yollash uchun aynan shunga o'xshash qadamlar bosar ekan. Shu professor Singapurga tashrifim oxirgi kunlarida menga ham ajoyib muomala qildi Singapurni zo'r joylarini ko'rsatishga harakat qildi, zo'r restorantlarga olib bordi va oxir oqibat Singapurga ishga taklif qildi.


Hozir Xitoyning Shenzhen shahriga ilmiy safar bilan kelganman. Bu yerda ham safarim boshidan buyon ajoyib muomala va mulozamat ko'rdim va oxirida shu yerga kelishimni taklif qilishdi.

Demak sizga zo'r mutaxasis kerak bo'lsa aynan shunday muomala bilan ishga taklif qilsangiz katta ehtimol bilan keladi. Siz bu uchun aqlli ishga yollashni bilishingiz kerak.


Meni O'zbekistondagi asosiy ish joyim Matematika Instituti va u yerda hammasi ajoyib yo'lga qo'yilgan. 2-ish joyim O'zMUda esa 2 oydan buyon maoshimni berishmadi. Sizni sistemaga kiritolmayapmiz deb ancha yugurtirishdi(juda yoqimsiz holat). Vaholanki keyin aniqlashimiz bo'yicha buni amalga oshirish 3 daqiqa vaqt olarkan.

Kuchli universitet bo'lishning asosiy shartlaridan biri kuchli mutaxassislarga ega bo'lish. Kuchli mutaxassislarni yollay olganlar va ularni saqlay olganlargina o'sadi aks holda hech nimaga erisholmaydi va asta sekin cho'kadi.

@karimraximov
  • 👍 15
  • 💯 4
  • 🔥 3
  • 😢 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #81 838

Forwarded from Dilmurod Tuymurodov

Oddiy bir qoida bor:

Doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday vazifa va jamoada imkon qadar sidqidildan ishlashga intiling. Zimmangizdagi [ma'noli] har bir ishga o‘zingizni butunlay bag‘ishlang va yaxshiroq bajarish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.

Har bir jamoa a’zosini hurmat qiling, ularning mehnatini qadrlang hamda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yarating. Odamlar birgalikda hamfikr bo‘lib ishlagan jamoa mustahkam va samaraliroq bo'ladi. Bu sifatli ishingiz va jamoaga sodiqligingiz sizga kelajakda muhim imkoniyatlarga yo‘l ochadi.

P.S.: Bu o'z-o'zidan qoniqish va mamnuniyat hissini ham beradi.

@dilmurod_tuymurodov
  • 👍 22
  • 👏 3
  • ❤‍🔥 1
Post #80 1.02K

Forwarded from Prof. Sherzod

Университетлар давлатникими?

Математик профессор Эркинжон ака Каримов Кун.уздаги мақоласида муҳим мавзуни кўтарибди. Ўзим ҳам шу соҳада ишлаганим учун, мулоҳазаларимни ёзиб кетсам.

Мақолани ўқиш давомида илк ўйлаган нарсам: ўзбек тилида "public" тушунчасининг тўғри таржимаси ё йўқ, ё мен билмайман. "Хусусий эмас, жамоатга оид" деб таржима қилса бўлар, аммо аниқ маъноси таржимада бироз йўқоладигандек. Тилшуносларимиз хафа бўлишмасин, аммо бу сўзнинг мени қониқтирадиган ўзбекча муқобилини тополмаганим учун, бу ерда вақтинча инглизчасини ишлатиб тураман.

Аслида public тушунчасини тўлиқ илғаш учун луғатдан кўра сиёсий фалсафа дарслигини очиш керак. Унинг устига, сўзнинг ишлатилиш контекстини ҳам ҳисобга олиш керак. Public сўзининг "давлатга тегишли" деган маъноси бор, аммо бу жуда тор маъноларидан биргинасидир. Ундаги "давлат" Веберча "белгиловчи ва жазоловчи" институтдан кўра кўпроқ "жамоатга, халққа тегишли нарсаларни идора қилувчи" институт сифатида тушунилгани яхши. Чунки давлатнинг ўз мулки бўлмайди—давлат мамлакатнинг бойликлари ва фуқароларнинг мулкларини идора қилади холос.

Эркинжон Каримов мақоласида ҳам кўрганимиз "ОТМ давлатники" деган тушунча бизда кенг тарқалган. Аммо, масалан, Британия олий таълим тизимида университетлар жамоавий институтлардир, чунки бу ерда аксар университетлар public ташкилотлардир. Оксфордиям, Кембрижиям, мен ишлайдиган Шарқий Англия ҳам public университетлардир. Хусусий университетларни бир қўлнинг бармоғида санаса бўлади, улар ҳақида кўпчилик эшитмаган ҳам.

Буни мисолларда яхшироқ тушунтириш мумкиндир. Университетлар давлатдан маблағ олади, аммо фойда кўришни мақсад қилмайди. Уларнинг асосий вазифаси—жамоат ва жамият учун хизмат қилиш, илм тарқатиш ва тадқиқотлар ёрдамида тараққиётга ҳисса қўшишдир. Бу гаплар бироз идеалистроқ эшитилар, кимгадир эриш ҳам туюлар. Аммо университетларсиз жамиятда бу функцияни бажарадиган, уларнинг ўрнини босадиган бошқа институт йўқ.

Бошқачароқ айтганда, университетлар жамиятни бошқаришга уринмайди, аммо бошқарувчилар ва келажак авлодлар учун билим ва тажриба банки сифатида хизмат қилади. Бу жамият учун ҳам, давлат учун ҳам ўта муҳим вазифалардир. Қизиғи, бу вазифани дунёнинг энг олдида турадиган хусусий университетлар—Ҳарвард, Принстон, Йейл—ҳам бажаришади. Қайсидир маънода давлат ё штатнинг қўлига қараб турадиган public университетлардан яхшироқ ҳам бажаришади.

Бу вазифаларни тўғри бажара олиши учун университетларга эркинликлар берилган. Буларнинг энг муҳими ўзини-ўзини бошқариш ҳуқуқидир (камида, идеалда шундай бўлиши керак—истиснолар охирги абзацда ёзаман). Университетлар, бироз содда қилиб айтганда, демократик йўл билан бошқариладиган олимлар жамиятидир.

Бу олимлар раҳбарларини ўзлари сайлайди ва муҳим қарорларни биргаликда қабул қилади. Бу тизим замонавий (янги даврдаги) давлатлар шаклланишидан, ҳатто биринчи парламентлар ва ижрочи ҳукуматлар яралишидан олдин ишлаб чиқилган. Қайсидир маънода, университетлар демократик тузумларнинг бошида туради, деса бўлади. Университет ходимлари ҳам, ойлигини давлатдан оладими, ё хусусий даргоҳда ишлайдими, кўп жойларда жамоат хизматчилари (public servant), жамоатга оид инсонлар сифатида кўрилади.

Университетга берилган эркинлик ортидаги муҳим сабаб—академик эркинликсиз янги ечимлар ишлаб чиқиш имконсиз. Мутахассисга ишлаш эркинлиги бериш керак, чунки барча топшириқлар юқоридан келадиган жойда ўсиш бўлмайди.

Айни пайтда, Британияда ҳам университетларнинг охирги йилларда қийин молиявий аҳволга тушиб қолиши натижасида бошқарувчиларнинг кучи ортиб, профессорларнинг мавқеига бироз путур етмоқда. Университетлар ишчи ўринларини кесишга мажбур бўлган шароитда, эркинлик афсуски иккинчи даражага ўтиб қолади.

Олий таълим, Япония, Англия, университетлар, саёҳатлар ва бошқа мавзулардаги кундалик ёзувларим сизга қизиқарли ва фойдали бўлса, каналга ёзилинг ва бу мавзуларга қизиқадиган дўсту яқинларингизга ҳам юборинг 😊

@profsherzod
Kun.uz Профессор-ўқитувчилар ўзини бировга тобе инсондек тутса, кимни тарбиялайди? Физика-математика фанлари доктори Эркинжон Каримов олийгоҳлардаги янги ўқув йилининг илк кунларида Kun.uz'га тақдим этган мақоласида олий таълимдаги профессор-ўқитувчилар жамоасига мурожаат қилади.
  • 👍 9
Post #79 741

Forwarded from Karim Raximov (Karim Raximov)

Hech nima davlatni ilmchalik rivojlantirmaydi va dunyoga tanitmaydi.

Qochirimni yaxshi ko`radigan rivojlangan davlatdagi bir odamdan so`rashdi, sizlar bu rivojlanishga qanday erishdingiz? U javob berdi:
-biz bu holatga kelish uchun sportga katta mablag` ajratdik, shunga parallel ravishda ilmga sportchalik e'tibor qaratmadik, jamiyatga sport ortidan boyib ketilishini propoganda qildik, hatto utyukni tokka tiqqanda ham sportchilar chiqib aqllilik qilib ilm bilan sportni solishtirib ilm qilish sportdan oson ekanligini aytaverdi. Shunda xalq ichida kuchli sportchilar ko`paydi. Bu ishlarni va sportni kuchini qarangki bu sportchilar bir joyga yig`ilib har xil ixtirolar qilib boshlashdi, ular atom bombasi yaratdi, robortlar yaratishdi, uchuvchisiz uchuvchi uchoqlar yaratishdi va hokazo. Shular ortidan davlatimiz juda boyib ketdi, mana o`zim ham millionerman. Gapirsam gap ko`p lekin hozir universitetda matematikadan darsim bor shunga bormasam bo`lmaydi, sizlar esa men aytgan yo`ldan boravinglar hammasi zo`r bo`lib ketadi.


Bu gaplarim bilan hech nima demoqchi emasman!

Mayli aytmoqchiman: sportga e'tibor beraverish kerak lekin hamma narsa ilmga bo`lgan katta e'tibordan keyin bo`lishi kerak.

@karimraximov
  • 👍 13
  • 💯 4
  • ⚡ 2
Post #78 673

Forwarded from Dilmurod Tuymurodov

Oxirgi ikki kun davomida TU Dresden AKR-2 o‘quv reaktorida bir qator muhim mashg‘ulotlarni o‘tkazdik. Biz boshqaruvchi tayoqlarni kalibrlash va noma'lum namunani reaktivligini o‘lchadik. Ushbu eksperiment davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun reaktor binosida, uning atrofida va tepasida gamma va neytron detektorlari yordamida radiatsion dozani nazorat qildik.

Shuningdek, markaziy kanaldagi reaktor aktiv zona ichida kadmiy namunasi pozitsiyasini o‘zgartirib quvvatni boshqarish mashqini bajardik. Ushbu mashq bizga turli namuna joylashuvlarining reaktor parametrlariga qanday ta’sir qilishini tushuntiradi.

Avvalroq biz reaktorni kritik holatga yaqinlashish bo‘yicha mashq o‘tkazdik. Bunda reaktor ichida va atrofida joylashtirilgan fission kameralar va BF3 detektorlari kabi turli detektorlardan foydalandik. Reaktivlik, ko‘paytirish faktori va subkritik kuchaytirish bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirdik, bu esa reaktorning kritik holatga qanchalik yaqin ekanligini tushunish va xavfsiz boshqarish uchun juda muhimdir.

@dilmurod_tuymurodov
  • 👍 18
  • ⚡ 1
Post #70 756

Forwarded from Dilmurod Tuymurodov

For the last couple of days at the AKR-2 training reactor at TU Dresden, we carried out several important exercises. We performed control rod calibration and measured the reactivity of an unknown sample. Throughout the activities, we monitored the radiation levels inside the reactor building, around, and on top of the reactor using gamma and neutron detectors to ensure safety.

Additionally, we did power control by changing the position of a cadmium sample in the main central channel of the reactor core. This exercise helped us understand the effects of different sample placements on reactor behavior.

Earlier, we conducted an approach to criticality exercise. During this, we used various detectors, including fission chambers and BF3 detectors, strategically placed inside and around the reactor. We performed calculations related to reactivity, multiplication factor, and subcritical amplification—crucial for understanding how close the reactor is to criticality and ensuring safe control.

@dilmurod_tuymurodov
  • 👍 13
  • ⚡ 2
  • ❤‍🔥 1
Post #69 701

Forwarded from Random myself

Shu kunlarda 3d modeling printing va bular bilan birga electronics, circuits'ga qiziqib o'rganayotgan edim. 3d modelingga ozroq fuison 360ni o'rgandim va bir akadan 3d printer oldim va shuni ishlatayapman. Electronics va circuitsni ham endi boshlash niyatidaman lekin nimadan boshlashni va nimani o'rganishni qanaqa jihozlar olish kerakligini bilmadim, bir ikkita darslar ko'rgandim ular ishlatgan narsalar boshlanishiga juda qimmatlik qilarkan(raspberry pi 4 yoki 5 ishlatishgan 2mln so'mdan boshlanar ekan). Shunda nahotgi bularni simulatsiya qiladigan app'lar yo'q bo'lsa deb izlay boshladim. Bir nechta yaxshilari bor ekan hozircha eng yoqgani bu tinkercad bo'ldi bu autodesk tomonidan qilingan ekan. Agar qiziqsangizlar va nimadir yasamoqchi bo'lsangizlar shu yerda online yasab code yozib simulatsiya qilsa bo'lar ekan. Lekin bunda raspberry yo'q ekan.

tinkercad.com
  • ⚡ 7
  • 👍 5
Post #68 907

Forwarded from davletovuz

“Қарийб экстремал G5 даражали 9 баллик геомагнит қўзғалиш таъсирида эканмиз. Бу энг кучли қўзғалиш.

30 ёшдан катта ёшли аксар қатламда:

➖бош мия орт қисми ва пешона тиришиши;

➖ артериал қон томир касалликлари;

➖ апатия каби хасталиклар кузатиляпти.

7—8 баллик геомагнит бўрон қўзғалиши кун давомида кузатилиши прогноз қилинмоқда. Эртага хавфсиз қўзғалишларга қайтади...

Бу каби таъсирга мойил кишилар спиртли ичимликлар ичишдан тийилиши, кўп овқатланмаслик, жисмоний зўриқиш билан боғлиқ турли машқлар бажармаслик, кўпроқ дам олиши, кўпроқ сув, ялпиз-кўк чой дамларини ичиш тавсия этилади”.

Манба
  • 👍 7
Post #66 1K

Forwarded from Digital.uz

⚡️ Nufuzli IT kompaniya va universitetlarning xalqaro tan olinadigan sertifikatlariga bepul ega bo'ling!

Raqamli texnologiyalar vazirligi IT sohasida taʼlim olayotgan iqtidorli talabalarga “Coursera” ta'lim platformasida bepul oʻqib, xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

🦠 “Coursera” masofaviy taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning 300 ga yaqin yetakchi universitetlar (Stanford, Yale, Illinois, Duke, Michigan va boshqalar) va kompaniyalarining (Google, Amazon, Meta, IBM va boshqalar) 8 ta yoʻnalishdagi 12 mingta professional taʼlim resurslari joylashtirilgan.


🔔Siz ham dunyoning yetakchi universitet va kompaniyalarning xalqaro sertifikatlarini bepul qo‘lga kiriting.

🦠 “Coursera” platformasidagi 49 dollardan 400 dollargacha boʻlgan kurslarda bepul oʻqish imkoniyatidan foydalaning.


📄 Ro‘yxatdan o’tish uchun havola – https://forms.gle/4eFVbhQfnGA9dZkY7

⏺Chet tili sertifikati bor talabgorlarga ustunlik beriladi.

❗️Bepul litsenziyalar soni cheklangan.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
  • 👍 5
Post #65 686

Forwarded from Dilmurod Tuymurodov

The Economist jurnali(gazetasi)ning 2024-yil 30-mart soni muqovasi. Bu sonda sun'iy intelekt tibiyot va farmasevtika tizimini tubdan yangi bosqichga olib chiqishi mumkinligi haqida yozilgan.

Sun'iy intellekt hayotimizning barcha sohasini o'zgartiradi. Ayniqsa, ilm-fandagi tadbiqi, vaqtni tejash va samarali taxmin qilish imkoniyatlari orqali, juda ulkan bo'ladi. Machine Learning va Deep Learningni o'z ilmiy faoliyatiga integratsiya qilmagan ilmiy jamoalar raqobatda "tirik qolishi" juda qiyin, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Hatto yozuvchilar ham sun'iy intellektga "eng yaxshi hamkor" deya baho bermoqda. Albatta, skeptik qarashlar ham bor. Sun'iy intellekt odamlarning va olimlarning o'rnini olib qo'ymaydi, ilm qilish uslubini o'zgartiradi va samaradorligini keskin oshiradi.

Ilm-fanda suni'iy intelekt tadbiqi va foydalanish etikasi haqda bu yerda, bu yerda va bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin.

@dilmurod_tuymurodov
  • 👍 10
Older posts →

About this channel

How can I read @abror_tuymuradov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Abror Tuymuradov: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Abror Tuymuradov have?
Abror Tuymuradov (@abror_tuymuradov) has 167 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Abror Tuymuradov know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →