Take notesMaktab kollejlarda bizni konspekt qilishga majburlashadi, lekin odatda bu shunchaki eshitganingizni yozish yoki kitobdagini ko'chirish. Aslida note-taking juda kuchli hunar, u sizni boshqalardan ajratib turadigan qurolingiz bo'lishi mumkin. Korporatsiyada ishlash odatda katta kontekstni miyada ushlashni talab qiladi: loyiha bo'yicha kelishuvlar o'z jamoangiz bilan, birga ishlaydigan boshqa jamoalar bilan, ba'zan kompaniyaning qismi bo'lmagan third-party jamoalar bilan ham bo'ladi. Buning ustiga bir vaqtning o'zida bir nechta loyiha (project) ustida ishlash ham oddiy hol: eski loyiha hali oxiriga yetib yopilmagan, hozirgisi aktiv development fazasida, kelasilarni esa hozirdan rejalashtirish kerak. Bunday tempda odamlar bilan kelishuvlar juda ko'p bo'ladi, online va oflayn mitinglarda har kuni o'nlab kelishuv va qarorlar qabul qilinadi. Endi tasavvur qiling – bular hammasi faqatgina kimningdir miyasida, hech qayerda yozilmagan. Bunday holatda odamlarga bog'liqlik juda baland bo'ladi, kimdir aloqaga chiqmay qolsa butun jamoa va loyiha bloklanib qoladi.
Kompaniyadagi shaxsiy rivojlanish uchun ham notetaking muhim skill. Menejerim bilan har hafta 1:1 meeting qilardik va har xil mavzular muhokama qilinardi. Bu meetinglarda gaplashganlarimiz yozilmasa, shu kunni o'zida esdan chiqardi, chunki ishda kontekst juda ko'p edi. Har hafta uchrashganda notelar oldingi mavzularga qaytib, progress bor yo'qligini, muammolar hali ham aktual yoki yo'qligini recover qila olardik.
Note taking faqat meeting paytida emas, undan oldin ham qilinishi mumkin. Bu asosan uchrashuv mavzusi va agendasini tuzish ko'rinishida bo'ladi. Ayniqsa dasturchi va injenerlar uchrashuvning asosiy mavzusi qolib, boshqa ish mavzulariga chuqurlashib (
o'tlab) ketishga moyil. Shunday holat uchun aniq agenda bo'lishi, o'tlash alomati ko'ringanda meeting owner haloyiqga uchrashuv maqsadini eslatib turishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bu skillni shakllantirish qiyin emas, lekin ba'zida uni ishlatish ortiqcha deb tuyulishi mumkin. AI-zamonidagi lifehack - Gemini Notes. Men deyarli hamma uchrashuvlarni Google Meets orqali o'tkazaman, undagi AI-note-taker juda qulay tool. Afsuski, faqat ingliz tilida ishlaydi, shuning uchun ingliz tiliga switch qilish majburiy. Yana bir kamchilik tomoni - Google Calendar event yaratganda by default Gemini Notes yoqish degan joyi yo'q, har safar meeting boshida qo'lda yoqish kerak.
Oldinlar videokurs ko'rib dars qilganimda ham ruchka bilan daftarda note taking qilib o'rganardim. Shunchaki dars eshitganda faqat ko'z-quloq bilan o'rgansa, qo'lda yozib physically, muscle-memory orqali ham eslab qolinadi (imho).
@yusufblogs