TGViewer
Yusuf Abdullaev | Blog Yusuf Abdullaev | Blog @yusufblogs · 584 subscribers
Post #284 1.06K
Fight, flight or freeze

Muhim suhbat yoki imtihondan oldin qotib qolish, ma'lumotni qabul qila olmaslik, eslab qola olmaslik holatiga tushganmisiz? Bu ur, qoch yoki qot reaksiyasi deb ataladi. Odamzot va hayvonlar tahdidga (masalan, yirtqich hayvonga) duch kelganda yoki hujum qilib olishishi, yoki qochishi yoki qotib o'zini sezdirmasligi kerak. Zamonaviy hayotda ham biz uchun muhim va muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqadigan holatlarda shu instinkt, ko'pincha qotish reaksiyasi ishga tushadi. Imtihondan yiqilsam hayotim barbod bo'ladi, suhbatdan o'tolmasam boshqa bunday imkoniyat topmayman degan qo'rquv miyani muzlatib qo'yadi. Shuning uchun tayyorlanish paytida miya oddiy mavzularni ham tushunish va eslab qolishda qiynaladi. Vaqt qancha kam qolgan bo'lsa, tushunish shuncha qiyinroq.

Urish – bu savolga nisbatan agressiya. Interviewer bilan bahslashish, javob o'rniga o'zini oqlashga harakat qilish, savol noto'g'ri ekanini isbotlashga urunish va hokazo. Shaxsan o'zimda ko'proq tez va baland gapirish ko'rinishida bo'ladi, xuddi tezroq aytib olmasam unutadigandek. Jismoniya alomatlari – terlash, qizib ketish, jag' va yelka qotib qolishi.

Qochish ham ajoyib. Suhbat vaqtini ko'chirish yoki bekor qilish, tayyorlanishni ortga surish (universitetdagi har bir kurs ishi). Lekin bu eng befoyda reaksiya bo'lsa kerak, chunki qochib baribir qutulib bo'lmaydi.

Bu reaksiyalar bilan har xil kurashish mumkin. Menga yoqadigani – hodisani qayta baholash. Agar suhbatdan o'tmasam, imtihondan yiqilsam hayotim tugaydimi Undan keyingi qadamlarim nima bo'ladi? Tahlikaga solayotgan muvaffaqiyatsizlik shunchalik qo'rqinchlimi aslida? Xato qilsam ham dars bo'ladi, keyingi safar uchun foyda degan xulosani o'zlashtirish kerak. 5-10 daqiqa shu mavzuda tafakkur qilinsa va aslida bu holat unchalik qo'rqinchli emasligi tushunilgach, aql bilan harakat qilish osonlashadi.

Startap asoschisi rolida ham bu reaksiyalar bor.

@yusufblogs
  • 👍 14
  • ❤ 2
More from @yusufblogs
  1. Sep 9, 2026Endi MacMini kerak emas. Amphetamine dasturi Macbook ekrani yopilganda ham o'chmasligini t…
  2. Sep 6, 202610 kun oldin paywall va o'yinlar qo'shilgan versiyani Play Storega chiqarib edim. Paywalld…
  3. Sep 1, 2026Demo time Qurayotgan dasturimdan kichkina demo, feedback va takliflaringizni kutib qolaman…
  4. Aug 29, 2026Coffee tales☕️☕️☕️ Toshkent elitasi hozir qayerda yig'ilyalti degan savol bo'lsa, hamma Sh…
  5. Aug 4, 2026Biz seni boy qilishga tayyormiz deyaptiku GDG Tashkentda har qanaqa xalyava narsalarga "Go…
  6. Aug 2, 2026Bu natijaga marketing budget saflansa, o'rtacha $2500-4000 xarajat bo'lgan bo'lardi. Shu h…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →