Twitterdagi bir bola aytyabdi:
Jamiyat juda adolatsiz. Xudo juda adolatsiz. U meni kambag'al oilada tug'iltirdi. Otam manga ishonmaydi. Atrofimda men tengxo'rlar mendan o'zib ketgan. Mani ishim ham yo'q, universitetda o'qiyman. Qo'limdan biror ish kelmaydi.
Qaradim, Twitterga 2 yil avval a'zo bo'lgan. Fikrlarini hisobga olsak tahminan 19-20 yosh. Unda kuzatilayotgan sindrom bizga tanish bo'lgan Impostor sindromi. Ammo bizning farqimiz bor.
Bu
@asadbekdev. 16 yoshga kirgan adashmasam. Boy oila farzandi emas. Ukrainadagi katta startupda asoschilardan biri. Flutterda 2 yillik tajribaga ega. Qaysidir bankning dasturini ham yozayotgan edi. Haad degan joyda ham ishlaydi. Stolda o'tirib uxlab qoladi. Startup qilaman, yorib tashayman deb kuyungani kuyungan.
Bu
@bahodiRajabov. Adashmasam 18 ga kirdi. Onasi bilan orasidagi munosabatga havasim keladi. Boy oilaning farzandi emas. 1 yil avval hakatondan o'ttiz qanchadir million pul yutib oldi. Hozir international startup asoschilaridan biri bilishimcha. Doim intervyudan o'tar va yoshi sabab ishga olishmas edi.
Shu bolalar ota-onasini "jaraq-jaraq" pulini ko'kka sovurmasdan o'rganishdi. Allaqachon qarzlarini uzishdi. Ko'rishganimizda Asadbek dadasini ko'ziga tik qaramadi, ortiqcha gapirmadi.
Bular dasturchi bo'laman deganda oilasidagilar avvaliga qarshi bo'lmagan deb o'ylaysizmi? Bular online o'rganib, tushuntirib, isbotlab berdi.
Mana shu tarbiya. Mana shu sizni muvaffaqiyatga olib boradigan yo'l. Mana shu islom bizga buyurgan yo'l.
Alloh rozi bo'lsin shunday ota-onalardan. Ular bizni katta qilishdi, tarbiyalashdi, oq va qorani ko'rsatishdi va biz isyonkor, iymonsizlardan bo'lib qolmadik.
Imkon bo'lsa ulashing.