TGViewer
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur @yunus_code · 1.75K subscribers
Post #1916 4.14K

Forwarded from 🍇 Dasturchining kundaligi

Twitterdagi bir bola aytyabdi:

Jamiyat juda adolatsiz. Xudo juda adolatsiz. U meni kambag'al oilada tug'iltirdi. Otam manga ishonmaydi. Atrofimda men tengxo'rlar mendan o'zib ketgan. Mani ishim ham yo'q, universitetda o'qiyman. Qo'limdan biror ish kelmaydi.

Qaradim, Twitterga 2 yil avval a'zo bo'lgan. Fikrlarini hisobga olsak tahminan 19-20 yosh. Unda kuzatilayotgan sindrom bizga tanish bo'lgan Impostor sindromi. Ammo bizning farqimiz bor.

Bu @asadbekdev. 16 yoshga kirgan adashmasam. Boy oila farzandi emas. Ukrainadagi katta startupda asoschilardan biri. Flutterda 2 yillik tajribaga ega. Qaysidir bankning dasturini ham yozayotgan edi. Haad degan joyda ham ishlaydi. Stolda o'tirib uxlab qoladi. Startup qilaman, yorib tashayman deb kuyungani kuyungan.

Bu @bahodiRajabov. Adashmasam 18 ga kirdi. Onasi bilan orasidagi munosabatga havasim keladi. Boy oilaning farzandi emas. 1 yil avval hakatondan o'ttiz qanchadir million pul yutib oldi. Hozir international startup asoschilaridan biri bilishimcha. Doim intervyudan o'tar va yoshi sabab ishga olishmas edi.

Shu bolalar ota-onasini "jaraq-jaraq" pulini ko'kka sovurmasdan o'rganishdi. Allaqachon qarzlarini uzishdi. Ko'rishganimizda Asadbek dadasini ko'ziga tik qaramadi, ortiqcha gapirmadi.

Bular dasturchi bo'laman deganda oilasidagilar avvaliga qarshi bo'lmagan deb o'ylaysizmi? Bular online o'rganib, tushuntirib, isbotlab berdi.

Mana shu tarbiya. Mana shu sizni muvaffaqiyatga olib boradigan yo'l. Mana shu islom bizga buyurgan yo'l.

Alloh rozi bo'lsin shunday ota-onalardan. Ular bizni katta qilishdi, tarbiyalashdi, oq va qorani ko'rsatishdi va biz isyonkor, iymonsizlardan bo'lib qolmadik.

Imkon bo'lsa ulashing.
  • 👍 110
  • ❤ 5
More from @yunus_code
  1. Sep 19, 2026btw @dasturchi_pf was my new channel )
  2. Apr 13, 2024https://x.com/yunuscode/status/1779128537150374131 O'zbekistonga chet ellik digital nomadl…
  3. Feb 28, 2024Bir yil avval 21-asrda o'zingizni qanday ximoya qilishingiz kerakligi haqida video qilgan…
  4. Feb 25, 2024Qayerdagi yemagan loyihalarga pul tikkandan, shunday loyihalarga pul tikish kerak. Bunday…
  5. Feb 25, 2024Poytaxt 2.0 (preview)
  6. Feb 10, 2024Assalomu alaykum dóstlar Ingliz tili yaxshi biladigan, tajribali dasturchi dizaynerlarni c…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →