TGViewer
Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati) Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati) @yp_senat · 1.91K subscribers
Post #2133 404
✅ Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniyadagi vatandosh yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining Germaniyaga hamkorlik tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida vatandosh yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbir avvalida O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov so‘zga chiqib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.

➡️ Muloqot davomida Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Yoshlar parlamentining faoliyati va yoshlarning qonun ijodkorligi hamda parlament nazoratidagi ishtiroki haqida ma’lumot berdi.

⚫️ Ochiq muloqotda Germaniyada tahsil olayotgan vatandosh yoshlar tomonidan innovatsiyalar, STEM yo‘nalishlarini rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash va IT texnologiyalari bo‘yicha taklif hamda tashabbuslar ilgari surildi. Ushbu yo‘nalishlarda xalqaro tajribani o‘rganish va O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Tadbir yakunida vatandosh yoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
  • 👍 2
More from @yp_senat
  1. Sep 17, 2026✅ Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniya Bundestagi faoliyati bilan tanishdilar 🟦 Oliy Maj…
  2. Sep 17, 2026✅ Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniya tashqi siyosati va Markaziy Osiyo bo‘yicha ochiq m…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →