✅ Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniya tashqi siyosati va Markaziy Osiyo bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazdilar
🟦 Yoshlar parlamenti a’zolari Berlin shahridagi Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligida Germaniya tashqi siyosati va Markaziy Osiyo mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdilar. Unda vazirlikning Pokiston, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo yo‘nalishlari bo‘yicha departamenti vakillari janob Strittmatter va janob Mannweiler ishtirok etdi.
📝 Muloqot davomida Germaniyaning tashqi siyosati, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik, yoshlar siyosati hamda yoshlar parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
➡️ Tomonlar yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.
🇩🇪 Germaniya vakillari Yoshlar parlamentining faoliyati hamda qonunchilik jarayonida yoshlar ishtiroki borasidagi tajribasiga katta qiziqish bildirdilar.
#Senat #yoshlar #parlament #siyosat
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Post #2122
350







- 👍 2
- ❤ 1