TGViewer
Yoshlar.edu.uz Yoshlar.edu.uz @yoshlareduuz · 123K subscribers
Post #24710 9.74K
Respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

🏛 Joriy yilning 16-oktabr kuni Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” va “Til bilimdonlari” tanlovlari hamda yana bir qator respublika tanlovlarining g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodirjon Xolbo‘tayev, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonov hamda 450 dan ortiq talaba-yoshlar, g‘olib va sovrindorlar, mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining yakuniy sharti doirasida xorijlik talabalarning o‘zbek tilidagi badiiy chiqishlari namoyish etildi va Hakamlar hay’atining barcha shartlar bo‘yicha yakuniy ballariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:

🥇1-o‘rin: Qadeer Ahmed (Pokiston) – Andijon davlat tibbiyot instituti;
🥈2-o‘rin: Nozomi Matsushita (Yaponiya) – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
🥉3-o‘rin: Mazin Moideentkuthy (Hindiston) – Buxoro davlat tibbiyot universiteti.

G‘oliblar diplom, esdalik sovg‘alari hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 40, 30 va 20 barobari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovi g‘oliblari ham e’lon qilinib, tantanali taqdirlandi.

🥇1-o‘rin: Akbarali Mexmanov – Namangan davlat universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Komila Tuxtasinova – O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti;
🥉3-o‘rin: Farangiz Abdurahmonova – Termiz davlat universiteti talabasi;
🔹4-o‘rin: Mohibonu Sanakulova – Navoiy davlat universiteti magistranti va Mushtariybonu Olimova – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi;
🔹5-o‘rin: Dilruh Hayitova – Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti va Dilnoza Boymurodova – Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti.

G‘oliblar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan diplom va 1-o‘rin uchun 8 mln, 2-o‘rin uchun 6 mln, 3-o‘rin uchun 5 mln, 4-o‘rin uchun 3 mln va 5-o‘rin uchun 2 mln so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, final bosqichida faollik ko‘rsatgan 7 nafar ishtirokchiga vazirlikning faxriy yorliqlari topshirildi.

Taqdirlash marosimida “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovi hamda “Women in science” maqolalar tanlovi g‘oliblari ham tantanali taqdirlandi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • ❤ 27
  • 👍 8
  • 🎉 8
  • 🤩 1
More from @yoshlareduuz
  1. Oct 16, 2026Ushbu tadbirdagi rasmlarni @edumediabaza kanaldan yuklab olishingiz mumkin.
  2. Oct 16, 2026🎓 Tyutorlar malakasini oshirish: zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar sari! 🏛 Talaba va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →