🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim tashkilotlari tyutorlari uchun 2026-yilgi malaka oshirish kurslari doirasida o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
📚 Mashg‘ulotlar tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida tashkil etilib, tyutorlarning kasbiy-pedagogik mahoratini oshirish, talabalar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
🔹 Darslar davomida tyutorlik faoliyatining normativ-huquqiy asoslari, pedagogik mahorat, talabalar psixologiyasi, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish, media madaniyat hamda ijtimoiy tarmoqlar etikasi kabi dolzarb mavzular yoritilmoqda.
🔹 Shuningdek, talaba-yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘quv-ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💡 Mashg‘ulotlarda nazariy bilimlar amaliy topshiriqlar, hayotiy misollar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilib, tyutorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
📎 Batafsil: https://talaba-edu.uz/uz/post/565/
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram









