🎓 “Munozara” – hududiy bosqichlarda talabalar bilim va tafakkurini namoyon etmoqda!
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan joriy yilning oktabr oyida respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida an’anaviy jamoaviy “Munozara” intellektual turnirining hududiy bosqichlari o‘tkazildi.
◀️Mazkur bellashuvlar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash, o‘z nuqtayi nazarini dalillar asosida himoya qilish, notiqlik mahorati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
♦️Hududiy bosqichlarda talabalar dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashib, o‘zlarining mantiqiy mushohada yuritish, tahlil qilish va asosli xulosalar chiqarish qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar.
☑️Hududiy bosqichlarning natijalari:
🥇Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 1-o‘rin;
🥈Toshkent davlat yuridik universiteti – 2-o‘rin;
🥉Perfect universiteti jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.
🥇 Andijon davlat texnika instituti – 1-o‘rin;
🥈 Andijon davlat universiteti – 2-o‘rin;
🥉 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.
🥇 Guliston davlat universiteti – 1-o‘rin;
🥈 Jizzax davlat pedagogika universiteti – 2-o‘rin;
🥉 Jizzax politexnika instituti jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.
🥇 Buxoro davlat universitetining – 1-o‘rin;
🥈 Buxoro davlat pedagogika institutining – 2-o‘rin;
🥉 Buxoro davlat tibbiyot institutining hamda Buxoro davlat texnika universitetining jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.
🥇 Farg‘ona davlat universiteti – 1-o‘rin;
🥇 Urganch davlat pedagogika institutining – 1-o‘rin;
🥉 Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.
✨ “Munozara” – bu shunchaki bahs emas, balki erkin tafakkur, teran bilim, dalillarga asoslangan fikr va sog‘lom munozara madaniyati maydonidir!
📌 G‘olib jamoalarga respublika bosqichida ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram





