Jizzaxda oltita oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirokida munozara bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda GulDU, JDPU, JizPI, O‘zMUJF, GDPI va TKTIYF talabalari bilim, mantiqiy fikrlash hamda dalillash mahorati bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Bahslar davomida ishtirokchilar o‘z pozitsiyalarini asoslash, fikrlarini izchil bayon etish va qarshi tomon dalillariga munosabat bildirish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalar:
🥇 GulDU
🥈 JDPU
🥉 JizPI
JDPU jamoasining ikkinchi o‘rinni egallagani talabalarimizning intellektual salohiyati va munozara madaniyatini namoyon etdi.
🔹JDPU axborot xizmati









