TGViewer
Yoshlar.edu.uz Yoshlar.edu.uz @yoshlareduuz · 122K subscribers
Post #24418 264K
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 111 million so‘m bo‘lgan tanlovga start berildi!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari (bakalavr va magistr) talabalari hamda texnikum, kollej va litsey o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.


✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔵1-o‘rin – 8 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 6 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m;
🔵4-o‘rin – 3 million so‘m;
🔵5-o‘rin – 2 million so‘m;

🗣Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim tashkiloti tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.
  • ❤ 36
  • 👏 5
  • 🔥 3
More from @yoshlareduuz
  1. Oct 17, 2026#Dayjest #Milliy_qadriyatlar #Milliy_libos Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ…
  2. Oct 17, 2026Post #24724
  3. Oct 17, 2026#kun_hikmati 🎤 Aql bilan qilingan ishda pushaymonlik kam bo‘ladi. 🪶 Alisher Navoiy Bizni…
  4. Oct 17, 2026⏳⏳⏳⏳ Bugun 17-oktabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan…
  5. Oct 16, 2026Ushbu tadbirdagi rasmlarni @edumediabaza kanaldan yuklab olishingiz mumkin.
  6. Oct 16, 2026Respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi! 🏛 Joriy yilning 16-o…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →