Bugun 17-oktabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Xalqaro kambag‘allikni bartaraf qilish kuni
🌏Xalqaro jarohatlarga qarshi kurash kuni.
🇦🇷Argentina – Sadoqat kuni.
🇷🇺Rossiya – Muloyimlik kuni.
#muhim_voqealar
🔹1604 – nemis astronomi Iogann Kepler keyinchalik uning nomi bilan atalgan yangi yulduz – (SN 1604) ni kuzatishni boshladi.
🔹1933 – Qo‘shma Shtatlarda “Newsweek”ning birinchi soni nashr etildi.
🔹1956 – Shvetsiyada dunyodagi birinchi avtomatik mobil aloqa tizimi ishga tushirildi.
🔹1988 – Londonda Betxovenning yo‘qolgan deb hisoblangan 10-simfoniyasi birinchi marta ijro etildi.
#tavalludlar
🔹1760 – Graf Klod Sen-Simon – fransuz faylasufi, sotsiolog, publitsist.
🔹1915 – Artur Miller – amerikalik dramaturg.
🔹1939 – Shermat Yormatov – xor dirijyori, kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1942 – Ibodulla Niyozmatov – rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
🔹1974 – Eminem – amerikalik reper.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram