⚡️Yoshlar siyosatida strategik maqsadlar va aniq natijalar
Prezidentning 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga muvofiq, vazirlik va idoralar hamda hokimliklarda strategik rejalashtirish va axborot-tahlil bo‘limlari tashkil etildi.
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi ushbu bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga metodologik ko‘mak beradi. Shuningdek, ilg‘or bo‘linmalar tajribasini namuna sifatida ommalashtirib boradi.
Ushbu videorolik Yoshlar ishlari agentligining Strategik rejalashtirish, istiqbolli loyihalar va metodologiya bo‘limi faoliyatiga bag‘ishlangan.
Bo‘lim tomonidan OECD tavsiyalari va xorijiy davlatlar tajribasi asosida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ko‘rsatkichlari ijrosi har oy monitoring qilib boriladi. Natijada Yoshlar ishlari agentligi belgilangan ko‘rsatkichlarni to‘liq bajarib, eng yuqori natija qayd etgan TOP-5 tashkilot qatoridan joy oldi.
Aniq strategiya, izchil monitoring va samarali ijro — yoshlar siyosatida barqaror natijalarga erishishning muhim omilidir.
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Post #18943
14K