🏆🇺🇿 Robototexnika bo‘yicha jahon chempionlari munosib taqdirlandi!
Janubiy Koreyadagi nufuzli xalqaro musobaqada mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘targan robototexnika milliy terma jamoamiz a'zolarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi “Inno” texnoparkda tashkil etilgan tadbirda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, yosh iqtidor egalarini ulkan g‘alaba bilan samimiy tabrikladilar.
⭐️Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, g‘oliblarimizga medallar va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
💰Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarini rag‘batlantirish doirasida:
— Jamoa a’zolariga — jami 2 500 BHM (1,1 milliard so‘m);
— Murabbiylarga — jami 485 BHM (200 million so‘m) miqdorida pul mukofotlari berildi (jami 1,3 milliard so‘m).
Davlatimiz tomonidan yoshlarimizning ilm-fan, IT va injeneriya sohasidagi yutuqlariga qaratilayotgan bunday yuksak e’tibor ularning yangi marralarni zabt etishiga mustahkam poydevor bo‘ladi.
Barakalla, yigitlar! Yurtimiz yoshlari doimo zafar quchsin! 🇺🇿🚀
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Post #18924
7.78K










- ❤ 31
- 👍 21
- ❤🔥 10
- 🔥 6