⚡️Toshkentdan turib global karyera qurish: Nyla Beth Gawel bilan uchrashuv
15-oktabr kuni Yoshlar ishlari agentligida strategiya va innovatsiyalar bo‘yicha 15 yildan ortiq tajribaga ega ekspert Nyla Beth Gawel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mehmonimiz yillik daromadi 7 milliard dollardan ortiq bo‘lgan Fortune 500 ro‘yxatidagi texnologiya kompaniyalarining rivojlanishi va transformatsiyasida muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, u xotin-qizlar va texnologiya sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Uchrashuvda global IT bozorida raqobatbardosh bo‘lish, xalqaro kompaniyalar bilan ishlash, strategik fikrlash va mahalliy imkoniyatlardan foydalanib, global darajaga chiqish yo‘llari muhokama qilinadi.
Sana: 15-oktabr
Vaqt: 11:00
Manzil: Yoshlar ishlari agentligi
Ro‘yxatdan o‘tish: Havola
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Post #18923
16.4K

- 👍 18
- ❤ 11
- 🎉 1