🇺🇿Xiva — Turkiy dunyo yoshlar poytaxti!
Bugun Xiva shahrida “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti” loyihasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari N. Guliyev hamda Xiva shahri hokimi T. Davletov ishtirok etdi.
Ushbu tashabbus Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ilgari surilgan bo‘lib, turkiy davlatlar yoshlari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qiladi.
Loyiha doirasida yosh tadbirkorlar va yetakchilar forumlari, ekologik ta’lim hamda zamonaviy tahdidlarning oldini olishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.
Yil davomida Xivada o‘tkaziladigan tadbirlar turkiy dunyo yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yoshlarning tadbirkorlik, yetakchilik va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Post #18910
13.1K






- ❤ 30
- ⚡ 12
- 👍 7
- 🕊 3