Dardimiz bir!
Jismonan kelishgan va sog’lom bo’lish holatiga - fitness deyiladi. Va jismonan sog’lom va kelishgan qomatga ega bo’lish hammamizni dardimiz.
Fitness bilan doimiy shug’ullana boshlaganimga yaqinda 2 oy bo’ladi. Shu vaqt ichida intizom, mas’uliyat va tanamga nisbatan bo’lgan g’amxo’rlik 2 barobar o’sdi desam yolg’on bo’lmaydi.
Sog’lom ovqatlanish, ovqatlanishdagi tartib va kerakli uyqu har kunlik fitness zalldagi mashqlarimning natijasini ko’rish uchun yordamchiga aylandi.
Sportning inson hayotidagi o’rni haqida 1 soatlik maqola yozishim mumkin, lekin 1 soat o’qigandan ko’ra bir marta ko’rganga nima yetsin.
Temurbek Adhamov “Intizom Podcast”da bu haqida va boshqa dolzarb mavzularda juda chiroyli suhbat qilibdi. Alloh rozi bo’lsin.
Albatta vaqt ajratib ko’rishni tavsiya qilaman.
https://youtu.be/MqMzC1s9gMY?si=Hth495fAShZ-7Sk7
Post #592
2.09K