Shaxsiy hayot, ish va ko’ngil ochish hammasi - Telegramda!
O’zbekistonlik professionallarga Shaxsiy Coachlik qilishni boshlaganimga roppa-rosa 6 oy bo’ldi. Shu vaqtning o’zida O’zbekistonning kelajak bozorida uchraydigan katta xavfni taxmin qilishga ulgurdim.
Bir xodimning shaxs va professional sifatidagi butun faoliyati yagona ijtimoiy tarmoq - Telegram bilan chegaralab qo’yilgan(Chunki bu tekin). Istalgan insonning smartphonenidagi Telegram sahifasini ochib qarasangiz bir dunyo gruppa va kanallarni topishingiz mumkin va buning eng muammoli tarafi ishxonadan kelgan muhim xabarni o’qib turganingizda oila a’zolaringizdan ham xabar kelib qoladi. Ishxonadan kelgan xabar oxirigacha o’qilmay, uydan kelgan xabarga o’tib ketiladi. Endi uyga javob berib bo’lsangiz, yoqtirgan bloggeringizning navbatdagi posti chiqadi va endi e’tibor shu yerga qaratiladi. Ya’ni kommunikatsiya instrumentlari saralab, tizimlashtirib qo’yilmagan.
Tasavvur qiling! Ijtimoiy voqealar tufayli O’zbekistonda Telegramdan foydalanish taqiqlandi. Bunda kommunikatsiya instrumenti sifatida faqat Telegramdan foydalanayotgan korxonalar hujjatlar masalasida, proyektlarning progresslari va arxiv masalalarida turli muammolarga duch keladi. Buning oqibatida kimlardir ishdan bo’shatib yuborilishi mumkin va bo’lyapti ham.
Nega hali ham orqadamiz deb muammolarga katta yechim topishdan ko’ra, kichik texnik elementlarga e’tibor berishni ham o’ylaylik.
Yuqoridagi muammoga yechim sifatida esa E-maildan foydalanish madaniyatini shakllantirishdan boshlaylik!
🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Post #574
1.32K
- 👍 10
- 🔥 4
- ❤ 1