TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #560 1.15K
💬 101 Maslahat loyihasidan o’rganganlarim!

Azizlar, esinglarda bo’lsa bu loyihani o’zimga chellenj sifatida har kuni 1tadan maslahat post qilaman deb va’da bergandim. Lekin har doim ham biz o’ylaganimizdek bo’lmaydi. Yoki sog’liq tufayli, yoki ishlar ko’payib ketgani sabab ijod qilishga vaqt topolmaymiz.

Lekin o’zimga oxiriga yetkazib qo’yaman degan va’dam bor edi va nihoyat yakunini ham qildik. Agar shu loyiha hech bo’lmaganda 1 kishiga foydali bo’lgan bo’lsa, men maqsadimga yetdim deb o’ylayman.

Bu loyihadan nimalarni o’rgandim:

✅ Ba’zida imkonsiz ko’ringan maqsadlarni qo’yish kerakligini. Chunki maqsadga erishish qanchalik imkonsiz bo’lmasin, jarayonda anchagina o’sganimni va keyingi maqsadlarni yanada kattaroq qilishni tushundim;

✅ Qancha mukammallikka intilganim sari, shuncha bor tajriba ham ish bermasligini. Chunki mukammalikka intilsangiz bor tajribangiz ham xuddi yetarli emasdek ko’rinadi;

✅ 5 yil oldingi bosib o’tilgan yo’l, olingan bilimlar kun kelib men bilan bir xil pozitsiyadagi yosh kariyerasini boshlayotganlarga foydali bo’lishini;

✅ Sodda tilda, sodda formatda yozish ko’proq tushunarli va ko’proq insonga yetib borishini;

✅ Har bir qilinadigan loyiha orqali fikrlari o’xshash bo’lgan insonlar bilan birlashish imkoniyati borligini.

✅ Va albatta jarayondan rohatlanish kerakligini. Sizga qanchalik foydali bo’ldi bilmadim, lekin men shaxsan mazza qilib yozdim har bitta maslahatni.

Shunaqa gaplar…

🟩 @lidernotes
🟩 @lidernotes
  • 👍 8
  • 👏 4
  • ❤ 2
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →