TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #552 897
#101Maslahat

💡9️⃣9️⃣ Quyidagi 4 ta narsani bajaring, rahbar sifatida ijod qilishga vaqt topasiz!

Boshqaruvni hammasini o’zingizga olaverib charchamadingizmi?

96% rahbarlar o’z biznesslarini strategik rivojlantirish uchun vaqt topa olmay qiynalishar ekan. Chunki ularning barchasi kunlik vazifalar, rahbar qilmasa ham amalga oshib ketadigan ishlar bilan o’ralashib qolishar ekan.

Yaqinda bir konsultatsiya paytida, bir rahbar hammasiga ulgurmayapman deb qoldilar. Chuqurroq sababini tahlil qilsak, xodimlarga ishonch yo’qligi va biror marta potentiali bor xodimlarga vazifalarni ishonib topshirib ko’rishmaganida ekan.

Quyidagi 4 ta narsani bajaring, rahbar sifatida ijod qilishga vaqt topasiz:

1️⃣ Fikrlashni o’zgartirish - rahbar doim oldidagi vazifalarni taqsimlab, topshirib yuborish degan fikrda bo’lishi kerak. Buni doim ongida aktiv saqlashi kerak.

2️⃣ Ko’nikmalar to’plami - yuqoridagi misol kabi rahbar sifatida ishni topshirishda qanday ko’nikmalari yetishmayapti, kamchilik qayerda shuni topib ustida ishlash.

3️⃣ Bajarish - 1 va 2 ni yo’lga qo’yib olish bilan kifoyalanmasdan, doim ishni taqsimlashni degan fikrni bajarishga aylantirish kerak. Ya’ni bugun 1kunlik vazifamdan necha foizini topshirib yubora olaman deyish kerak.

4️⃣ Munosabatlarni yaxshilash - xodimlar bilan munosabatlarni yaxshilash orqali o’rtada ishonch paydo bo’ladi. Xodimga ish topshirganingizda uning ham rivojlanish imkoniyati va jamoaga olib keladigan foydasi ko’payadi.

Hech narsa qilmagandan ko’ra, hech bo’lmasa shularni sinab ko’ring!

🟩 @lidernotes
🟩 @lidernotes
  • 👍 6
  • 👏 1
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →