TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #547 628
#101Maslahat

💡9️⃣7️⃣ O’zgarishlarni muvaffaqiyatli boshqarish!

Endigina rahbarlar jamoasiga qo’shilgan edim. Tabiiyki, hali o’z liderlik yo’limni topib ulgurmagan edim. Jamoadagi hammaga faqat bitta usul bilan yondashardim. Keyinchalik, Ken Blanchardning “Bir daqiqalik Menejer” deb nomlangan kitobini o’qiganimda bilib oldimki, 54% liderlar qanday vaziyat bo’lmasim faqat bitta liderlik usulidan foydalanishar ekan. Ya’ni ular 50% holatda jamoadoshlarining holatiga tushmaydigan noto’g’ri usuldan foydalanishar ekan.

Market rahbarim bilan suhbatlashar ekanman, u menga Situational Leadership (Vaziyatga qarab boshqarish) usuli haqida aytib berdi. Darrov shu usulni o’zimda qo’llay boshladim. Va birdaniga, shu 27 yoshli bola bizga qanday liderlik qilarkin deb yurgan jamoadoshlarim ham qisqa vaqt ichida meni eng qo’llab-quvvatlaydigan xodimga aylanishdi.

Situational Leadership (Vaziyatli boshqaruv) o’zi ichiga quyidagi 4 uslubni jamlab olgan:

✅ S1 (Ko’rsatma berish) - bunda jamoa hali jiddiy qarorlar olishga tajriba jihatdan tayyor bo’lmaydi va siz lider sifatida ko’rsatma berish orqali boshqarasiz.

✅ S2 (Ishontirish) - bunda jamoa ma’lum vazifani uddalashga ko’nikmalari yetarli emas, lekin kuchli xohish bor. Men asosan Coaching yo’li orqali jamoani shu vazifaga tayyorlashga harakat qilaman.

✅ S3 (Qo’llab yuborish) - bunda jamoa a’zolari liderdan ham kuchli bilimga ega mutaxassislar bo’lishadi, lekin o’zlariga bo’lgan ishonch bo’lmaydi. Men bu usulni qachonki bilimi bo’la turib, lekin o’zidan g’ayrat qilib jamoa rivojlanishiga hissa qo’shmayotganlarni ko’rganimda foydalanaman.

✅ S4 (Topshirib qo’yish) - bunda jamoa ham o’ziga bo’lgan ishonchi, ham kuchli bilimga ega bo’ladi va siz shunchaki vazifani topshirib qo’yasiz. Va shunda lider sifatida sizda progresslarni nazorat qilish, yangi strategiyalar tuzish va yo’lni yanada aniqlab olish uchun vaqt paydo bo’ladi.

Vaziyatga moshlashishda qiynaladigan tanishlarga yuborib qo’ying!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
  • 👍 9
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →