#101Maslahat
💡9️⃣1️⃣ Ishtahangizni 100%ga jilovlang!
Oxirgi paytlar yosh Menejer va CEOlar bilan Coaching konsultatsiyalar o’tkazayotganda umumiy bir kamchilikni kuzatdim. Bu imkon qadar mukammallikka intilish xohishi.
Xalqaro tajribada yaxshi lider va rahbardan talab qilinadigan muhim ko’nikmalardan biri Action-Oriented ya’ni mukammallikka intilmaslik qobilyati. Qisqa vaqt ichida o’sib borayotgan har bir xodimda albatta bu ko’nikmani uchratasiz.
Chunki ular doimiy ravishda quyidagilarni bajarishadi:
✅ Har doim ham to’g’ri bo’lish shart emasligini tan olish;
✅ Mukammal bo’lish uchun sarflanayotgan vaqt aslida rivojlanishdan orqaga tortishi mumkinligini unutmaslik;
✅ Ma’lum darajadagi informatsiyaning o’zi bilan harakatni boshlash va qolganini jarayonda o’rganish;
✅ Mag’lubiyatdan qo’rqsa, kichik risklar olishdan boshlash;
✅ Hammadan ko’ra ertaroq harakatni boshlash;
✅ O’ziga bo’lgan ishonch faqat va faqat harakat qilish orqali kuchayishini esda tutish.
Agar siz ham perfektsionist yoki ishlarni kechiktiruvchi inson bo’lsangiz yuqoridagi tavsiyalarni sinab ko’ring!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #536
697

- ❤ 8
- 🔥 5
- 👍 4
- ⚡ 2
- 💊 1