#101Maslahat
💡9️⃣0️⃣ Ba’zida e’tiborning o’zi yetarli!
Yaqinda 4 yoshga to’ladigan o’g’lim bilan 1 yillik tanaffusdan keyin suzishga borishni boshladik. 6 oylik chaqaloqligida boshlaganmiz. (Nega yaponlar imkon qadar farzandini suzishga berishi haqida yana alohida yozarman) Hozir kattalar gruppasiga borayotgani uchun ota-onalar baseyn oldidagi kutish oynasidan kuzatib turamiz. Ota-onalarning ko’pi o’zimga o’xshagan yosh ota-onalar.
O’tgan safar bir qiziq hodisa bo’ldi. Bir bolakay har bir yangi harakatni o’rganganida ota-onalar tarafga qarab ko’zlari yonib e’tibor kutyapti. Bu holat 3-4 marta takrorlandi va har safar murabbiyning maqtovi bilan davom etdi. Kim ekan deb e’tibor bersam, telefonda serial tomosha qilib o’tirgan bir yosh ona.(Muhokama qilishdan yiroqman, farzand o’stirish qiyinligini bilaman)
Qanchalik stress holatda bo’lmaylik, farzandimiz uchun biz doim qahramon, unga dalda beruvchi, qo’llab turuvchi shaxs sifatida ko’rinamiz. Agar biz vaqtida e’tiborni bermasak, farzandlarimiz boshqa yerdan e’tibor qidirib qoladi. Yaxshi insonlarga uchrasa boshqa masala, lekin ko’pincha yomon muhitga tushib qolishi kuzatiladi.
Shunchaki e’tiborning o’zi yetarli aslida!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #534
842
- 👍 17
- 🔥 2
- 😢 1