TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #533 1.55K
#101Maslahat

💡8️⃣9️⃣ Berishni o’rganmasdan, kutuvni katta qilmaylik!

Aslida menga qolsa umuman insonlardan kutuvni to’xtatishimiz kerak. Nega deganda bu stereotip bizning qon-qonimizga singib ketgangi, har narsadan kutuvimiz bor. Achinarlisi, ko’p holatlarda moddiy kutuv.

Hozir Googlega kirib nega berishni o’rganish kutuvchi bo’lishdan yaxshiroq deb qidirsangiz bir qancha sabablar kelib chiqadi. Lekin men eng ko’p uchratgan va guvohi bo’lgan muhim sabab bu sizni maqsadli insonga aylantiradi. Qilayotgan ishingizda ma’no paydo bo’ladi, har bir luqma va har qanday ehtiyoj uchun doimiy harakatda bo’lasiz, atrofingizda faqat yaxshi insonlar paydo bo’ladi, bir martalik inson bo’lmaysiz(ya’ni insonlar bilan doimiy bog’lanish paydo bo’ladi) va kutilmagan vaqtda tasavvur qilib bo’lmaydigan risq eshiklari ochilib ketadi.

Appleda ham bizning eng asosiy qadryatlarimizdan biri bu - “We give more than we take” (Biz olganimizdan ko’proq narsani beramiz). Bu nima degani, balkim Apple mahsulotlari qimmat bo’lishi mumkin, lekin undan insonlar olayotgan imkoniyatlar, qulayliklar va foydalar anchagina qimmatroq turadi.

Bu shunchaki misol, lekin o’ylab ko’raylik. O’zimizga rostgo’y bo’lib, turli savollar berib ko’raylik. O’zbekchilik deb farzandimizni bizni boqishi uchun katta qilmayapmizmi, kun ora o’g’illarimizga ishonganimiz sensan, sen bizni boquvchimiz bo’lasan deb yana bir yangi KUTUVCHIni tarbiyalamayapmizmi? Farzandimizni o’qitayotganda bu kasbni tanla chunki puli yaxshi, hech bo’lmasa “leviysi” bor deb hayolimizdan o’tkazmayapmizmi? Va shunga o’xshash uyaladigan odatlarimiz sanab tugatib bo’lmaydi, shunday emasmi?

Balki biroz qolipdan chiqadigan vaqt kelmadimikin? Balki ko’proq farzandlarimizga oilaviy qadryatlar va har narsani moddiyatga bog’lamaslikni so’zlar bilan emas o’z xatti-harakatlarimiz bilan o’rgatadigan payt kelmadimikin?

Kimningdir moddiy ehtiyojini qoplab qo’ydingiz degani, undan kutuvni katta qilishingiz kerak degani emas. Agar maqsadingiz shu bo’lsa, qaytadigan qiymat ko’pi bilan shu moddiyat darajasida bo’ladi.

Qolipdan chiqaylik azizlar, berishni o’rganaylik, kutuvni kamaytiraylik!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
  • ❤ 11
  • 🔥 10
  • 👍 3
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →