#101Maslahat
💡6️⃣7️⃣ Pozitiv sotaylik!
Qayerga qaramaylik, kim bilan suhbat qilmaylik albatta nolish, g’iybat yoki shikoyat bo’ladi. Nolib yoki shikoyat qilsak go’yo ichimiz bo’shab, yengil tortamiz.
Aslida, eshitayotgan quloqqa bu juda yoqimsiz. Hech kimga negativ yoqmaydi. Shunday ekan nimaga buni o’zimizga ravo ko’ramiz. Boshqalarga negativ ulashishdan oldin ularni o’rniga o’zimizni qo’yib ko’raylik.
Bu mavzuda, “Shikoyatsiz 21 kun” experimenti bor. 21 kun davomida g’iybat, nolish, shikoyat qilish, o’rinsiz tanqid qilishdan tiyilasiz. Agar bir kun bo’lsa ham buzib qo’ysangiz, bu qoidani yana 21 kun boshidan.
O’rniga, minnatdorlik va shukur qilishni odat qilasiz!
Arzimagan 21 kunni birgalikda sinab ko’ramizmi?
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #487
1.6K
- 🔥 23
- 👍 7
- ❤ 3
- 🫡 2