#101Maslahat
💡6️⃣0️⃣ Shaxsiy rivojlanishning Stiv Jobs usuli🤩
Umrining oxirgi yillari, Stiv og’ir kasallik bilan kurashib va uni yengib Applega yana qaytar ekan lider, asoschi va albatta shaxs sifatida rivojlanishning oddiy usullarini sinab ko’ra boshlaydi. Shaxsiy coachi bilan bo’lgan navbatdagi suhbatdan keyin o’sha davrda ko’pchilik qilmayotgan yangi fikr - insaytni topishadi.
Bu insayt - o’ziga-o’zi email xabar yozish usuli edi.
G’oya shundan iborat ediki, hayotimizni eng yuqori cho’qqisida bo’lamizmi, yoki hali endi yo’lni boshida bo’lamizmi inson doim o’zi bilan suhbatlashganda o’ziga nisbatan to’g’ri, ya’ni o’zini alday olmaydi. O’ziga nisbatan talablari juda yuqori bo’lgan Stiv Jobs esa asoschi va lider sifatida mas’uliyat va majburiyatlarini yanada oshirish, yaxshilash uchun shu usulni 1 yildan ko’proq davrda davomli qo’llab keladi.
Xulosa shuki, asli oddiy ko’ringan usullar doim ishlaydi. Shunday ekan, bu oddiy usuldan siz ham foydalanishingizga nima to’sqinlik qilyapti?!
✅ Email (elektron pochta) ochamiz; Emaili borlar shart emas😊
✅ Haftada 1 yoki 2 marta yangi o’rgangan bilimlar, yangi g’oyalar va rejalarni xohlagan formatda o’zimizga yuboramiz;
✅ Va kamida 3 oy muddatda sinab ko’ramiz.
3 oydan keyin bu usul shaxs sifatida sizni qanchalik o’zgartirdi, birgalikda suhbatlashamiz!
Yangi yilga yangi odatlar bilan kiraylik va shu postni yaqinlarga maximum darajada yuborib qo’yaylik🙏
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #460
1.49K
- 👍 17
- 🔥 6
- ❤ 1
- ⚡ 1