#101Maslahat
💡5️⃣8️⃣ O’zimizga kelganda dangasamiz!
Kuni kecha jamoamdagi natijalari top bo’lgan bir xodim bilan yillik sarhisob suhbat(Coaching) qildim. Top xodim bo’lishiga sabab bo’lgan instrumentni eshitib menda boshqa bir fikr uyg’ondi.
🟢 Instrument: Job description (lavozimga belgilangan vazifalar)ni doimiy ko’zdan o’tkazib turish va har 3 oyda oldingidan yaxshiroq natija ko’rsatish uchun kamchiliklar ustida ishlash. Bu usul, birgina xodimni kompaniya daromadiga sezilarli darajada foyda keltirgan.
O’z kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan har bir inson “Job description”ga qanchalik mos tushyapman deb o’zini nazorat qiladi.
Endi o’zimizga savol beraylik: Ota-ona, farzand, aka-singil sifatida(mutaxassis emas) “Job description”nimiz bormi?Agar bo’lsa unda nimalar yozilgan? Agar bo’lmasa, nega yo’q?
Yil yakunlanib bormoqda! Bu kanalni o’qiydigan har biringizda shaxsiy rivojlanishga xohish bor. Yangi yilda ko’pchiligingiz bunga jiddiy fokus qaratmoqchisiz balki. Yuqoridagi savollarga javob berib ko’ring, va shaxs sifatidagi majburiyatlaringiz, o’zingizga nisbatan qo’ygan majburiyatlaringizni belgilab chiqing!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #457
1.29K
- 👍 11
- 🔥 6