TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 530 subscribers
Post #456 1.33K
#101Maslahat

💡5️⃣7️⃣ Manzilni aniqlamasdan yo’lga chiqmaylik!

Bir necha kun avval Coaching konsultatsiyalarimdan birida suhbatdoshim jamoasidagi xodimning natijalarini yaxshilashdagi uchrayotgan muammolarga yechim so’rab qoldi. Suhbatlashar ekanmiz, muammoning ildizi - hech bir xodimning belgilangan KPIsi yo’qligi va unga yechim - KPIni belgilab chiqish va davomli ravishda shu KPIga erishish uchun lider sifatida individual maqsadli rejalar qo’yib chiqish kerakligini aniqlab oldik.

Agar sizda ham shu kabi muammolar bo’lsa yoki har kuni ishga-o’qishga nima uchun borib kelayotganingizni bilmas ekansiz, demak sizda maqsadli reja yo’q va shuning uchun ertalab turib ishga-o’qishga borgingiz kelmay uydan chiqib ketasiz.

Buning yechimi oddiy - 10-10-10 Qoidasi.

Muallif Suzi Velch tomonidan ommalashtirilgan 10-10-10 qoidasi oddiy, ammo samarali qaror qabul qilish strategiyasidir. Qaror qabul qilishdan oldin (katta yoki kichik) o'zingizdan so'rang: "10 daqiqa, 10 oy va 10 yildan keyin bu qarorga nisbatan qanday munosabatda bo'laman? (O’zimni qanday his qilaman)". Bu albatta maqsadli reja tuzishda ham katta foyda beradi.

Xulosa shuki: "Boriladigan manzilni aniqlab olinmas ekan, yo'l uzoqlashib boraveradi va manzilga yetib borish uchun motivatsiya tushib ketaveradi".

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
  • 🔥 9
  • ❤ 3
  • 👍 2
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →