Ayol-qizlarning STEMdagi o’rni!
Kuni kecha 2023-yilning Nobel mukofoti sovrundorlari davra suhbatini ko’rib chiqdim. (YouTubeda “Nobel Minds” deb qidirsangiz chiqib keladi) Tahsinga sazovor joyi shundaki, mukofotlanganlar orasida 3 kishi ayol olimalar edi va bu (boshlovchi jurnalistning aytishiga ko’ra) uzoq yillardan keyin yana bir necha ayol kishi mukofotlanishi ekan.
Suhbatni tabiiyki, qanday qilib ayol-qizlarimizni ko’proq STEM (Sience, Technology, Engineering, Mathematics) yo’nalishlariga jalb qilish, bunda Nobel mukofotini yutganlarning “Rol Model” sifatida tutadigan ahamiyatidan boshlashdi. Darrov statistikalarni qaray boshladim. O’zbekistonda necha foiz ayol-qizlar STEM yo’nalishida mutaxassis bo’lib yetishib chiqayotgan ekan deb. Va albatta natijalarni ko’rib xursand bo’lib ketdim.
Osiyoda oliy ta'limda STEM dasturlari bo'yicha bitiruvchi qizlarning ulushi bo’yicha 3-o’rinda ekanmiz. Butun dunyo statiskasini olib qarasak ham ayol-qiz olimalarining foizi bo’yicha O’rta Osiya 46% bilan peshqadam ekan.
To’g’ri bu statistikalar hammasi ham oxirgi ma’lumotlar bo’lmasligi mumkin yoki shunchaki raqam bo’lishi mumkin xolos. Lekin shunda ham men hali ancha bo’shliq bor deb o’ylayman. Bir jamiyatdagi yuzlab olimlarni dunyoga keltirib tarbiya qiladigan ularning onalaridir. Olima onalar ko’payishiga sababchi bo’laylik, ularni ilm olishiga rag’bat qilaylik. Zora butun insoniyatga foyda keltiradigan Nobelchilar bizdan ham chiqsa.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #455
1.35K
- 👍 9
- 🔥 4
- ❤ 3