Mas’uliyatsizligimiz o’zimizdan ko’ra boshqalarga ko’proq zarar keltiryapti!
Haydovchilik guvohnomamni bundan 3-yil oldin, 2 oylik darslarga qatnab, $2000 to’lov qilib Yaponiyada olganman. Imtixon testlaridan kamida 90 ball olmasangiz guvohnomani bermaydi, ya’ni 1-2ta xato qilishga haqqingiz bor xolos. Men 2 marta imtixondan yiqilib, 3-sida guvohnomani olganman.
Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston turli hududlarida ayol haydovchilar, 18ga to’lmagan maktab o’quvchilari yoki spirtli ichimlik ichgan xolda mashina haydab qanchadan-qancha insonlarning hayotiga zomin bo’layotganini ko’ryapmiz. YTHdan jabrlanganlar yoki dunyodan ko’z yumganlarning deyarli barchasi shunchaki piyodalar yo’lagidan o’tib ketayotganlar yoki shunchaki yo’lni chetida turgan insonlar. Bu haqida rapper Konsta ham “Yashagim kelar” qo’shig’ida achinarli ravishda ko’rsatib bergan. O’zbekistonga borsam qanday qilib farzandlarimni ko’nglim hotirjam ko’chaga chiqarishim mumkin bu ahvolda, bilmadim!
Haydovchilik guvohnomasini olish qiyin bo’lishi kerak! Qimmat bo’lishi kerak! Ataydan bo’lsa ham imtixondan yiqitib keyingi safar o’qib kelmasa bo’lmaydigan qilib qo’yish kerak!
Faqat shundagina insonda mas’uliyat kuchayadi va jamiyatga kamroq zarar kelgan bo’lardi.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #454
1.28K