TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 529 subscribers
Post #449 1.42K
#101Maslahat

💡5️⃣4️⃣ Bo’shliqni o’rnini nima bilan to’ldiryapsiz?

Bundan bir necha hafta oldin jamoamdagi bir ishchi bilan navbatdagi 1:1 Coaching suhbatini qilar ekanman, bo’sh vaqtlarida yoki dam olish kunlarida nimalar bilan shug’ullanishi haqida savol berdim. Oxirgi paytlar natijalari pasayib ketganiga ishdan tashqaridagi hayoti qanchalik ta’sir qilishini bilish maqsadida. Topilgan javob shu bo’ldiki, dam olish kunlari deyarli hech narsa qilmas ekan: tongga yaqin uxlash, kunning yarmida uyg’onish va qolgan qismini divanda harakatsiz TV ko’rish bilan o’tkizish. Ishga nisbatan layoqat yo’qligi, sal narsaga jahl qilish, va rivojlanish uchun ga’yrat ko’rsatmaslik - bularning barchasiga yuqoridagi yomon odatlar ta’sir ko’rsatayotgan ekan. Bu kabi yashash tarzi 1-2 haftada emas, balkim oylar, yillar davomida shakllanib qoladi va buning sababi “Bo’shliq”ning o’rnini to’g’ri to’ldirmaslik yoki umuman to’ldirmaslik bo’ladi.

Har birimiz hech bo’lmaganda bir marotaba “_____” chiziqcha/bo’sh joy o’rnini to’g’ri so’z bilan/mos keladigan son bilan to’ldiring ko’rinishidagi test yechib ko’rganmiz. Hayotimizdagi “Bo’sh” vaqtlar ham xuddi shunday, ya’ni bo’sh vaqtimizni to’g’ri mashg’ulotlar, yaxshi odatlar bilan to’ldirmas ekanmiz, bu bo’shliqni bizni salbiy oqibatlarga olib boruvchi odatlar egallab oladi.

Shunday ekan, bo’sh vaqtlarda nimalar bilan shug’ullanyapsiz - bu haqida biroz mulohaza qilib ko’ring!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
  • 👍 14
  • 🔥 5
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →