TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 529 subscribers
Post #448 1.5K
#101Maslahat

💡5️⃣3️⃣ Har bir inson hech kimga o’xshamagan qobilyat bilan tug’iladi!

Yaqinda sayohatda bo’lganimizda, 3,5 yoshli o’g’lim bilan mehmonxonaning bolalar o’yinxonasiga o’ynagani tushdik. Hech kim yo’q edi, lekin birozdan Arab ayol 2,5 yoshli o’g’li bilan kirib keldi. Qanchadir vaqt o’tgandan keyin, arab ayol har xil mashg’ulotlarni o’g’liga majburlayotganini sezdim. Keyin bilsam meni o’g’lim bilan Ingliz tilida qilayotgan suhbatlarimiz ta’sir qilgan ekan. Xonadan chiqib ketar ekanmiz, ayol menga murojaat qilib shunday dedi: “Murojaatimni ma’zur tutasiz. Alloh yomon ko’zlardan asrasin, o’g’lingizni Ingliz tilida fikrlarini shunaqa ravon ifodalab berayotganiga havas qildim. Juda ko’p usullarni qo’llayapmiz lekin faqat so’zlardan uyog’iga o’tmayapti. Menga maslahat bera olasizmi?”

Bolaga yangi ko’nikmalar o’rgatayotganda majburlamaslik, sabrli bo’lish va boshqa oddiy tajribalarimizni ulashdim. Va bu kichik voqea menga boshqalarning yutug’ini ko’rganimizda darrov o’zimiz bilan solishtirishimizni eslatdi. Bu bizni motivatsiyamizni ko’tarishdan ko’ra, har birimizda hech kimga o’xshamagan qobilyat borligini esimizdan chiqarishga xizmat qiladi xolos.

Noyob qobilyatingiz borligini tez-tez o’zingizga eslating!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
  • 👍 28
  • ❤ 5
  • 💯 4
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →