TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 529 subscribers
Post #447 4.3K
#101Maslahat

💡5️⃣2️⃣ ABCDE metodi!

O’tgan hafta endigina biznessini boshlagan bir biznessmen bilan birinchi Coaching suhbatimizni qildim. Uni qiynayotgan muammo shunda ediki, xattoki har kuni kunlik qiladigan rejalarining ro’yxatini tuzib shu bo’yicha ishlasa ham kunning oxirida qoniqtiradigan natijaga erishmayotgan edi. Suxbat davomida, bu muammoning 2ta asosiy sababini birgalikda topdik: 1) Kunlik rejalarni har kuni ertalab tuzishligi; va 2) Rejalarni tuzayotganda muhimlik darajasi bo’yicha ro’yxatga yozmasligi.

Ko’pchiligimizda shu kabi muammolar uchrab turishi tabiiy va bunda bizga ABCDE metodi yordam beradi.

A= Must do(Bajarish shart) Bu listga kunning eng muhim vazifalarini, bajarilishi shart bo’lgan vazifalarni kiritasiz.

B= Should do(Bajarish kerak) Bu listga tezroq qilib qo’ysangiz o’zingizga yaxshi bo’ladigan vazifalarni kiratasiz. Lekin muhimlilik darajasi A ro’yxatchalik emas, va hech qachon A listdagi vazifalar tugamasdan B listga o’tmasligingiz kerak.

C= Nice to do(Yoqimli ishlar) Bu listga bajarish yengil va yoqimli bo’lgan ishlar, masalan, Instagramda o’tirish, do’stlar bilan ko’rishish, yoki shu kabi muhimlik darajasi past bo’lgan ishlarni kiritasiz.

D= Delegate(Yordam so’rash) Yuqoridagi kunlik ishlarni ro’yxatga tuzib chiqqandan so’ng, muhimlariga vaqt ajratish uchun kimdandir yordam so’rash. Ya’ni faqat siz qilmasangiz bo’lmaydigan ishlarni o’zingizga qoldirib, qolganlarini kimgadir iltimos qilish.

E= Eliminate(Yo’q deyish) Bu so’ngi qoida ham muhim omil hisoblanib, kun davomidagi rejadan tashqari vazifalar paydo bo’lganda YO’Q deyish va shu orqali fokusni asosiy A ro’yxatidagi ishlarni bajarishga qaratishdan iborat.

Va eng muhim qismi shundaki, bu metodni ertangi kun uchun har kuni kun boshlanishidan oldin emas, balki bir kun oldin uyquga yotishdan avval yuqoridagi ko’rinishda rejalar tuzib chiqish kerak bo’ladi. Bu sizga xuddi yuqoridagi klientim kabi vaqtni tejashga va fokusni yaxshilashga yordam beradi!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
  • 🔥 17
  • ❤ 6
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →