#101Maslahat
💡5️⃣1️⃣ 10x o’rganishning Stanford uslubi!
Hammani dardi nimadirni tezroq o’rganish va tezroq natijaga erishish. Va navbatdagi, haliyam sizni joningizga tegmagan 10x tezroq o’rganishning Stanford uslubi, 3 qoidasi bilan ulashaman. Bu uslub “Hech nima qilmaslik” deb nomlanar ekan🧐 Ilmiyroq nomi “Bo’shliq effekti” deb nomlanadi, yoxud “Ora-orada dam olib” deb qo’ysa ham bo’larkan🤓
Xullas, 1-qoida:
✅ 10+ sekund tanaffus - uzoq vaqt dars qilish miyyaga nagruska beradi va ma’lum bir nuqtadan keyin o’rganilayotgan ilm xotirada qolmaydi. Shuning uchun o’zingizga 10 sekund tanaffus berib shu vaqt ichida nafas olib-chiqarish mashqi qiling. Miyya anchagina shamollaydi va yana kelgan joyidan toza miyya bilan davom etib ketaverasiz.
2-qoida:
✅ Diqqatni jamlash - aksariyat holatlarda dars qilib bo’lgandan keyin, hozir o’rgangan narsamizni eslay olmasligimiz sababli diqqatimiz jam bo’lmaganida ekan. Bunda bizga Fokus mashqi - yagona nuqtaga 30-60 sekund diqqat bilan qarash mashqi yordam beradi. Bu qoida shaxsan menga juda yoqdi, chunki birinchidan murakkab emas va ikkinchidan 1-qoidani ham birdaniga bajarsa bo’ladi🤓
Va so’ngi, lekin eng muhim qoida:
✅ Yaxshi uyqu - ilmiy izlanishlarga ko’ra, inson diqqatini maximum 90 daqiqa jamlab tura olar ekan. Bu sizda balkim 60 daqiqa bo’lishi ham mumkin. Yaxshi uyquning bu izlanishga bog’liqlik tarafi shundaki, agar 3-4 soat dars qilmoqchi bo’lsangiz 90 daqiqadan keyin ozgina uxlab olish yoki o’zingizni yolg’ondan uxlaganga solib miyyaga dam berish va shu kuni 8 soatlik uyqu olishingiz o’rganilgan bilimlar xotirada yaxshi qolishiga xizmat qilar ekan.
Agar sizda ham shu kabi muammolar bo’lsa sinab ko’ring va shu postni do’stlarga ham ulashib qo’ying😊
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #442
1.63K
- 👍 25
- 🔥 2