#101Maslahat
💡4️⃣4️⃣ Komfort zonadan chiqish yo’llari!
Oldingi postlarda komfort zona va undan chiqish foydalari haqida ulashdik. Endi esa komfort zonadan chiqish yo’llari haqida:
✅ Bahonani yo’q qilish (Miloddan avvalgi 207-yilda Xitoy tarixida 20,000lik lashkari bilan 300minglik lashkarni yenggan sarkardani eslang. Dushman lashkari sonidan qo’rqib ortaga chekinishiga bahona bo’lmasin deb kemalarni yoqib yuboradi va har bir askar faqat g’alaba uchun kurashadi)
✅ Yangi narsalarni sinab ko’rish (Qiyin yoki oson bo’lishidan qat’iy nazar yangi narsalarni sinab yurish ma’lum vaqt o’tgandan keyin sizda immunitet hosil qiladi)
✅ “Yutqazadigan hech narsa yo’q” deya olish (Yaponlarda “Yatteminaito wakaranai” ya’ni “Sinab ko’rmaguncha bilmaysan” degan ibora bor. Shaxsan men, komfort zonadan chiqmoqchi bo’lgan har bir kishi shu iborani o’ziga qayta-qayta takrorlashdan boshlashi kerak deb o’ylayman.
Aqlli kitoblarda o’qib o’rganganlaringiz foyda bermaganida, shu yuqoridagi tavsiyalarni sinab ko’ring. Hammasi shaxsiy tajribalardan!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Post #420
1.12K
- ❤ 7
- 👍 6